Xiaomi yangi elektr krossover YU7 ni taqdim etdi - itzone.uz
gradient
Reklama uchun joy

Xiaomi yangi elektr krossover YU7 ni taqdim etdi

1210
Xiaomi yangi elektr krossover YU7 ni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi kutilmaganda o'zining ikkinchi elektroavtomobilini — YU7 krossoverini taqdim etdi. Yangi model haqida texnik ma'lumotlar hozircha cheklangan, ammo sifatli tasvirlar va modelning chiqarilish muddatlari bizlarga mavjud.

Xiaomi YU7 elektro krossoveri ko'p jihatdan Xiaomi SU7 sedaniyiga o'xshash, ammo balandroq korpusi bilan ajralib turadi, asosiy dizayn elementlarini saqlab qolgan. Xitoyning Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, YU7 uzunligi 4999 mm, kengligi 1996 mm, balandligi 1600 mm, va g'ildirak bazasi 3000 mm ni tashkil etadi. Avtomobil og'irligi 2405 kg, maksimal tezligi esa 253 km/soatgacha yetadi.

Avtomobil ikki elektr dvigateli bilan jihozlanadi: oldingi dvigatelining pik kuchi 220 kWt, orqa dvigatelining kuchi esa 288 kWt. Quvvat manbai sifatida CATL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan litiy-ion batareya ishlatiladi.

Xiaomi YU7 ning to'liq taqdimoti ehtimol 2025 yilning boshida bo'lib o'tadi, va krossoverning sotuvga chiqarilishi shu yilning yozida kutilyapti.

Ulashish:

Izohlar (0)

Izoh qoldirish uchun akkauntingizga kiring.