Yana balandroq va qimmatroq: Lexus GX 2025 taqdim etildiAQShda yangilangan Lexus GX 2025 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi model narxi oshgan bo‘lsa-da, uning jihozlanishi sezilarli darajada yaxshilangan. Endi bazaviy komplektatsiyada rulni to‘rt yo‘nalishda elektro boshqarish (elektro regulirovka) funksiyasi mavjud. Overtrail va Overtrail+ versiyalari uchun kichik osma ko'targich (podveska) qo'shildi, klirens esa 25 mm'ga oshdi — endi u 249 mm ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu versiyalar havo kompressori bilan jihozlangan.