GigaChat chat-boti endi qo‘shiqlar yaratadi - itzone.uz
gradient
Reklama uchun joy

GigaChat chat-boti endi qo‘shiqlar yaratadi

1150
GigaChat chat-boti endi qo‘shiqlar yaratadi

Sber kompaniyasi AI Journey konferensiyasida GigaChat chat-boti uchun yangi musiqa yaratish vositasini taqdim etdi. Ushbu neyrotarmoq matnli so‘zlashuv asosida musiqa, asbob ovozlari va to‘liq qo‘shiqlar yaratish qobiliyatiga ega.

Sber gigachat

Tizim janr, uslub, ritm va mavzuni inobatga oladi, shuningdek, musiqa asboblarini, ijrochi ovozining xususiyatlarini tanlash imkonini beradi. Qo‘shiq matni uchun «Neyroshoir» javobgar bo‘lib, ritmni saqlab turadi.

Xizmatni hozirning o‘zida «VKontakte» platformasidagi GigaChat mini-ilovasida sinab ko‘rish mumkin. 2025-yilda bu funksiya Telegram-bot va chat-botning rasmiy saytida paydo bo‘ladi.

Ulashish:

Izohlar (0)

Izoh qoldirish uchun akkauntingizga kiring.