AQShda yangilangan Lexus GX 2025 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi model narxi oshgan bo‘lsa-da, uning jihozlanishi sezilarli darajada yaxshilangan. Endi bazaviy komplektatsiyada rulni to‘rt yo‘nalishda elektro boshqarish (elektro regulirovka) funksiyasi mavjud. Overtrail va Overtrail+ versiyalari uchun kichik osma ko'targich (podveska) qo'shildi, klirens esa 25 mm'ga oshdi — endi u 249 mm ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu versiyalar havo kompressori bilan jihozlangan.

Lexus GX 2025 ning barcha komplektatsiyalari 3,4 litrli V6 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, ikki turbo dvigateldan iborat. U 354 ot kuchi va 649 Nm aylanish momentiga ega. Ushbu dvigatel 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va markaziy differentsial blokirovkasi bilan jihozlangan doimiy to‘liq uzatma tizimi bilan ishlaydi. Avtomobil 96 km/soat tezlikka atigi 6,5 soniyada erishadi.

Standart Lexus GX 2025 quyidagi jihozlar bilan ta’minlangan: isitish va ventilyatsiya tizimiga ega old o‘rindiqlar, 12,3 dyumli paneli, 14 dyumli ekranli multimediyali tizim, 10 dinamikli audio tizim, tom qismida lyuk va 20 dyumli g‘ildirak diskalari.
Yangi model yili bilan birga bazaviy Lexus GX (GX 550 Premium) narxi 1035 dollarga oshib, 65 285 dollarni tashkil etmoqda. Overtrail va Overtrail+ versiyalari esa mos ravishda 3680 dollarga (72 930 dollar) va 3145 dollarga (80 395 dollar) ko‘tarilgan.